Yangiliklar

Madaniyat vazirligida ijodiy birlaşmalar faoliyati sarhisob qilindi

Madaniyat vazirligida ijodiy birlaşmalar tomonidan amalga oşirilayotgan işlar sarhisobiga bağişlangan yiğiliş bölib ötdi. Unda Bolalar Ijodkorligi Ijodiy Birlaşmasi vakillari ham iştirok etdi.

Yiğiliş 13-oktabr kuni Özbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov raisligida ötdi. Unda vazirlik markaziy apparati xodimlari, 21 ta ijodiy birlaşma, jumladan, Bolalar Ijodkorligi Ijodiy Birlaşmasi vakillari qatnaşdi. Hududiy madaniyat boşqarmalari rahbarlari yiğilişga onlayn tarzda ulandi.

Muhokama ijodiy birlaşmalar faoliyati va kelgusidagi vazifalarga bağişlandi. Vazir sanʼatda baʼzan bitta isteʼdod butun bir davrni özgartirişini taʼkidladi: bunday isteʼdod egalarini öz vaqtida topiş, qöllab-quvvatlaş va katta sanʼatga olib çiqiş zarur. Uning sözlariga köra, ijodiy birlaşmalarni taşkil etişdan asosiy maqsad ham xalq orasidagi hali kaşf etilmagan, imkoniyati oçilmagan isteʼdodlarni aniqlaşdir.

Ozodbek Nazarbekov tanlovlar tarğibotiga alohida eʼtibor qaratdi. Isteʼdod egasi tanlov haqida eşitmasa, unda qatnaşmaydi va eʼtibordan çetda qoladi. Ertaga milliy sanʼat rivojiga ulkan hissa qöşadigan inson aynan şunday imkoniyatdan bexabar qolişi mumkin. Şu sababli tanlovlar haqidagi xabar har bir hududga, har bir taʼlim muassasasiga va har bir yoşga yetib borişi şart.

Vazir ijodiy birlaşmalar oldiga şunçaki tanlov ötkaziş emas, sanʼat kelajagini belgilaydigan birorta ham buyuk isteʼdodni boy bermaslik vazifasini qöydi.

2026-yil 14-oktabrKörişlar soni: 58