Biz haqimizda

Bolalar ijodkorligi ijodiy birlashmasi bolalar va oʻsmirlar ijodkorligini qoʻllab-quvvatlash, bolalar uchun milliy kontent yaratish sohasida ishlaydigan ijodkorlar va mutaxassislarni birlashtiradi. Birlashma jamoat birlashmasi shaklidagi nodavlat notijorat tashkilot boʻlib, 2026-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtgan.
Birlashma adabiyot, teatr, kino, animatsiya, musiqa, tasviriy sanʼat va media sohalarida bolalar uchun yuksak saviyali milliy kontent yaratilishini ragʻbatlantiradi, respublikaning barcha hududlaridan, ayniqsa chekka tumanlardan iqtidorli bolalarni izlab topib, ularni ijodiy yoʻnaltiradi. Faoliyat ixtiyoriylik, oshkoralik, teng huquqlilik, oʻzini oʻzi boshqarish va qonuniylik tamoyillariga asoslanadi.
«Birlashmaning asosiy maqsadi – bolalar va oʻsmirlar ijodkorligini tizimli ravishda qoʻllab-quvvatlash… hamda milliy madaniyat, maʼnaviy qadriyatlar va sogʻlom turmush tarzini bolalar ongiga ijodiy vositalar orqali singdirishdan iborat.»
Yoʻnalishlar
- Adabiyot
- Teatr
- Kino va animatsiya
- Musiqa
- Tasviriy sanʼat
- Media va raqamli ijod
Asosiy vazifalar
- Bolalar uchun milliy kontent
- Iqtidorlarni izlab topish
- Hududiy koʻrik-tanlovlar
- Mahorat darslari
- Xalqaro festivallar
- Inklyuziv ijodiy ustaxonalar
Tarix
- Ustav tasdiqlandi (2026)
- Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtdi (2026)
