Maxfiylik siyosati
Qisqacha, oddiy soʻzlar bilan
- Biz sen haqingda hech narsa yigʻmaymiz: saytda roʻyxatdan oʻtish, izoh va layk yoʻq.
- Rasm yoki surat saytga faqat ota-onang rozi boʻlsa va sen xohlasang chiqadi.
- Agar rasmingni olib tashlashni xohlasang, ota-onang bizga yozadi, biz olib tashlaymiz.
Nima yigʻiladi va qayerga yuboriladi
Aloqa shakli orqali yuborilgan ism, telefon yoki pochta va xabar matni. Boshqa hech narsa: saytda hisob, izoh, cookie va analitika yoʻq.
Koʻrinish sozlamalari (shaffoflik, zichlik, harakat va ovoz) faqat sizning brauzeringizda, localStorage ichida saqlanadi va bizga yuborilmaydi.
Shakl xabarni Telegram Bot API orqali birlashmaning xizmat chatiga yuboradi. Shu sabab maʼlumot Telegram serverlari orqali oʻtadi.
Nima uchun va qancha saqlanadi
Xabaringizga javob berish va soʻrovingizni koʻrib chiqish uchun. Maʼlumot reklama yoki uchinchi shaxslarga berilmaydi.
Xabar soʻrov hal boʻlguncha, koʻpi bilan 12 oy saqlanadi, keyin oʻchiriladi.
Bolalar ishlari va suratlari
Bolaning rasmi yoki surati saytga faqat ota-onaning yozma roziligi va bolaning oʻz xohishi bilan qoʻyiladi. Ism faqat birinchi ism, yosh va viloyat koʻrsatiladi; maktab va aniq manzil hech qachon.
Roziligingizni istalgan vaqtda qaytarib olishingiz mumkin: aloqa sahifasidagi manzilga yozing, ish ikki ish kuni ichida olib tashlanadi.
Huquqlaringiz
Oʻzingiz haqingizdagi maʼlumotni soʻrash, tuzatish yoki oʻchirtirish huquqingiz bor. Soʻrov va maxfiylik boʻyicha savollarni aloqa sahifasidagi pochta manziliga yuboring.
Bu huquqlar Oʻzbekiston Respublikasining «Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida»gi Qonuni (OʻRQ-547, 2019-yil 2-iyul) bilan belgilangan.
Yangilangan: 2026-yil 24-sentabr
